“Tolibon” AQSHni javobgarlikka tortishga chaqirdi

Olam

image

“Tolibon” harakatining Matbuot kotibi Zabihulla Mujohid o‘tgan yillardagi voqealar uchun AQSHni javobgarlikka tortishga chaqirdi. Mujohid Xitoy OAV bilan suhbatda AQSHning joriy yil 29 avgust kuni Qobulga bergan aviazarbasini izohlab, shunday fikr bildirgan.

Unga ko‘ra, bu AQSHning harbiy zarbasi oqibatida tinch aholi vakillari halok bo‘lgan yagona holat emas.

“AQSH 20 yildirki Afg‘onistonda tinch aholini o‘ldiradi”, degan toliblar vakili, Vashingtonni inson huquqlarini buzishda ayblab.

Mujohid bunday hodisalar gumanitar fojiaga olib kelishini ta’kidlagan.

“AQSH o‘tgan yillardagi hodisalar uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Qotillik va bosimning o‘rnini to‘ldirish uchun ular afg‘on xalqi bilan hamkorlik qilishi kerak”, degan harakat Matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 avgust kuni AQSH Harbiy havo kuchlari Qobulga raketa uchirgandi. Vashington bu harakatini terrorchilarni yo‘q qilish uchun qilganini aytdi. Biroq, keyinroq hujum natijasida 10 nafar tinch aholi qurbon bo‘lgani aniqlandi. Qurbonlarning 7 nafari bolalar.

Raketa hujumidan avvalroq, joriy yilning 26 avgust kuni Qobul aeroporti yaqinida qator portlashlar sodir bo‘lgandi. Hodisada 100 dan ortiq odam, jumladan 13 nafar AQSH harbiysi halok bo‘ldi. Portlash uchun javobgarlik ISHIDning Afg‘onistondagi shoxobchasi "Viloyati Xuroson" o‘z zimmasiga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

281

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing