“Tolibon” Afg‘onistonning ikkinchi eng yirik shahrini bosib oldi 

Olam

image

Bugun, 12 avgust kuni “Tolibon” harakati Afg‘onistonning ikkinchi yirik shahri — Qandahorni egallab oldi. Bu haqda harakatning rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi.

“Qandahor fath qilindi”, deydi u.

Shahar egallanganini “Tolibon”ning yana bir vakili Qori Ahmadiy ham e’lon qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston poytaxti Qobul mamlakatning eng yirik shahri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, toliblar bundan avval Kobul-Qandahor avtomagistrali o‘tadigan G‘azni shahrini egallab olgan edi.

Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made