“Tolibon” Afg‘onistondagi qotilliklari haqida gapirgan Garrini sud qilmoqchi

Olam

image

Britaniya shahzodasi Garrining Afg‘onistonda xizmat qilayotgan vaqtida sodir etgan qotilliklari haqidagi ma’lumotlari sudga topshirilishi kerak, chunki ular insoniyatga qarshi jinoyatdir. Bu haqda kecha, 6  yanvar kuni Afg‘onistondagi hukmron “Tolibon” harakatining yuqori martabali vakili Suhayl Shahin ma’lum qildi. 

“Ular [o‘lganlar] o‘z mamlakatlari uchun ozodlik uchun kurashganlar, siz esa bosqinchilarsiz”, deydi Shahin Britaniyaning “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida. 

Uning fikricha, shahzoda Garri sudning insoniyatga qarshi jinoyatlarga oid savollariga javob berishi kerak.

“Ular xalq qahramonlari, siz esa ularning dushmani bo‘lgansiz”, deydi u.  

Avvalroq Britaniya OAVlarida 10 yanvardan sotuvga chiqadigan shahzodaning Zaxira deb nomlangan avtobiografiyasidan parchalar chop etilgan edi. Ushbu kitobda shahzoda Garri, xususan, Afg‘onistonda 25 nafar Tolibon jangchisini o‘ldirganini, u yerda Apache vertolyotini boshqarganini aytdi.

“Men uchun bu raqam [o‘ldirilgan] 25. Bu raqam meni g‘ururga to‘ldirmaydi, lekin bezovta ham qilmaydi", deb yozadi u.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Shahzoda Garri

Baholaganlar

1

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made