“Tolibon” Afg‘onistonda siyosiy partiyalarni taqiqlagani aytildi
Olam
−
18 avgust 2023
2370Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat – “Tolibon” mamlakatdagi barcha siyosiy partiyalarning faoliyatini taqiqlagan. Ushbu cheklov haqida “Tolibon” Adliya vaziri Abdul Hakim Sharai Qobuldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Mamlakatda siyosiy partiyalar faoliyatida shariat asoslari yo‘q. Ular milliy manfaatlarga xizmat qilmaydi, xalq esa ularni qadrlamaydi", deydi Abdul Hakim Sharai.
70 dan ortiq yirik va kichik siyosiy partiyalar Afg‘oniston Adliya vazirligida ikki yil avval, “Tolibon” mamlakat ustidan nazoratni qayta qo‘lga kiritguniga qadar ro‘yxatga olingan edi.
“Taqiq qachon joriy qilingani noma’lum, biroq “Tolibon” muvaqqat hukumati barcha etnik elat va qabilalarni o‘z ichiga olgani va keng qamrovli ekanini aytib, yanada inklyuziv hukumat tuzish uchun xalqaro bosimga qarshilik qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri va BMTning ta’lim bo‘yicha amaldagi maxsus vakili Gordon Braun Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudni “Tolibon”ning insoniyatga qarshi jinoyatlarini tekshirishga chaqirgandi.
LiveBarchasi