“Tolibon” Afg‘onistonda nasha yetishtirishni taqiqladi
Olam
−
19 mart 2023
6718Afg‘oniston bo‘ylab nasha (marixuana) yetishtirish taqiqlandi. Bu haqda Afg‘onistondagi Muvaqqat hukumat – “Tolibon” oliy rahbari Hibatulloh Oxundzoda farmon imzoladi.
"Mamlakat bo‘ylab nasha yetishtirish qat’iyan man etiladi. Sudlar qonunbuzarlarni shariat qonunlariga ko‘ra jazolashga majburdir", deydi “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid.
Qayd etilishicha, hujjat tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va rasmiy gazetada e’lon qilinadi.
Afg‘oniston dunyodagi eng yirik afyun va nasha ishlab chiqaruvchilardan biridir. Mamlakatda nasha ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar mavjud emas. 2022 yil dekabr oyida Afg‘onistonda mamlakat bo‘ylab ko‘knori yetishtirish taqiqlangan edi.
BMT ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2009 yilda Afg‘onistonda nasha yetishtirish uchun mamlakatning 17 viloyatida 10 mingdan 24 ming gektargacha ajratilgan maydonlar bo‘lgan.
LiveBarchasi