“Tolibon” Afg‘oniston muvaqqat hukumatining inauguratsiyasini bekor qildi

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati mamlakat muvaqqat hukumatining inauguratsiya marosimini bekor qildi. Bu haqda, bugun, 10 sentyabr kuni “Tolibon” madaniyati komissiyasi a’zosi Inamulloh Samanganiy o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Afg‘oniston yangi hukumatining inauguratsiya marosimi bir necha kun oldin bekor qilindi. Uning 11 cyentyabrda o‘tkazilishi haqidagi xabarlar yolg‘on”, deya tvit qoldirgan Samanganiy.

Eslatib o‘tamiz, bir nechta mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida o‘tish davri hukumatining inauguratsiyasi 11 cyentyabrga belgilangani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, ushbu marosimga Rossiya, Xitoy, Qatar, Turkiya, Pokiston va Eron taklif qilingani ham aytilgandi.

                       Afg‘onistondagi vaziyat

AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. 

Buganga qadar NATOga a’zo mamlakatlar ham o‘z harbiy qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketdi.  Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni qarshiliksiz egallab oldi. Prezident G‘ani mamlakatni tark etdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing