Toliblar ayollarning namoyish o‘tkazishiga ruxsat berdi

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati rahbariyati afg‘onlar, jumladan, ayollarga ham ommaviy namoyishlar va norozilik namoyishlari o‘tkazishga ruxsat beradi. Bu haqda harakat vakili Zabihulla Mujohid Qobuldagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 

“Namoyishlar o‘tkazishga ruxsat beriladi, shu jumladan ayollarga ham”, degan Mujohid afg‘on ayollarining o‘z fikrini bildirish huquqi haqidagi savolga javob berar ekan. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, aholining ehtiyojlari tez orada qondiriladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 4 sentyabr kuni bir guruh ayollar Qobuldagi Prezident saroyida norozilik namoyishi o‘tkazmoqchi bo‘lgan, biroq toliblar ularga qarshi ko‘z yoshlantiruvchi gaz ishlatgan. 

Afg‘onistonlik ayollar o‘z huquqlarini hurmat qilishni va mamlakatning yangi hukumatida vakillik qilishni talab qilib, bir necha bor namoyishlar o‘tkazgan. Masalan, 3 sentyabr kuni Qobulda faol ayollar tomonidan ayollarning mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etish huquqini qonuniy tasdiqlashga chaqirgan miting bo‘lib o‘tdi, 2 sentyabr kuni esa Ayollar huquqlarini himoya qilish milliy assotsiatsiyasining o‘nlab a’zolari Hirot viloyatining shu nomli ma’muriy markazida ommaviy namoyish o‘tkazdi. 

Bundan tashqari, xuddi shunday norozilik aksiyasi Balx viloyati ma’muriy markazi Mozori Sharif shahrida bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing