Tokio Rossiya va Xitoy delegatsiyasining KXDRga borganini diqqat bilan kuzatdi
Olam
−
28 iyul 2023
7169Yaponiya hukumati kecha, 27 iyul kuni Pxenyanda o‘tkazilgan tantanalarda Rossiya va Xitoy delegatsiyalarining ishtiroki haqida ma’lumot yig‘moqda. Bu haqda bugun, 28 iyul kuni Tokiodagi matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Xirokazu Matsuno ma’lum qildi.
“Biz Shimoliy Koreyaning harbiy siyosati, jumladan uning Xitoy va Rossiya bilan hamkorligi haqidagi barcha ma’lumotlarni katta qiziqish bilan kuzatamiz va tahlil qilamiz”, degan u jurnalistlarning Rossiya va Xitoy delegatsiyalarining Shimol Koreyaga borishiga izoh berar ekan.
Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, Pxenyan o‘z harbiy salohiyatini izchil mustahkamlamoqchiligini namoyish etmoqda.
“Shu munosabat bilan Yaponiya AQSH va Janubiy Koreya bilan hamkorlikda vaziyatni diqqat bilan kuzatib borish niyatida”, deydi Matsuno.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 iyul kuni Pxenyanda Koreya urushi tugaganining 70 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari va harbiy parad bo‘lib o‘tgandi. Bayramlarda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi va Xitoydan Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Li Xonchjong boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.
LiveBarchasi