Tokio-2020: O‘zbekistonning oltin medallari 7 taga yetdi
Sport
−
03 Sentabr 2021
8076Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlaridan navbatdagi xushxabar keldi. Para-yengil atletikaning F12 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.
Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Safiya Burhonova 14.78 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash kerakki, bu mavsumdagi eng yaxshi natija sifatida ham qayd etildi. Ikkinchi o‘rin italiyalik Assunta Legnatega (14.62) nasib etgan bo‘lsa, meksikalik Rebeka Alvares (13.72) kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
Eslatib o‘tamiz, Safiya Burhonova Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalini qo‘lga kiritgan edi. Shu tariqa O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 17 taga yetdi: 7 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.
LiveBarchasi