Tokio-2020: o‘zbekistonlik paralimpiyachilar rekord miqdorda yo‘llanmaga ega bo‘ldi

Sport

image

Tokio shahri mezbonlik qiladigan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari boshlanishiga oz fursat qolmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sportchilari Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga rekord darajadagi yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi. 

Ilk bor o‘zbekistonlik paralimpiyachilar 8 sport turida, 48 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Umumiy yo‘llanmalar soni 55 tani tashkil etadi.

Para-yengil atletika:

1. Husniddin Norbekov (disk uloqtirish)
2. Boburjon Omonov (yadro uloqtirish)
3. Bekjon Chevarov (uzunlikka sakrash)
4. Temurbek Giyazov (nayza uloqtirish)
5. Muhammad Rexsimov (yadro uloqtirish)
6. Doniyor Saliyev (uzunlikka sakrash)
7. Elbek Sultonov (yadro uloqtirish)
8. Izzat Turg‘unov (uzunlikga sakrash)
9. Sabina Suxanova (100 m. yugurish)
10. Sabina Suxanova (200 m. yugurish)
11. Nozimaxon Qayumova (nayza uloqtirish)
12. Dilafruzxon Axmadxonova (yadro uloqtirish)
13. Mohigul Xamdamova (disk uloqtirish)
14. Nurxon Qurbonova (yadro uloqtirish)
15. Nurxon Qurbonova (nayza uloqtirish)
16. Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash)
17. Sofiya Burxanova (yadro uloqtirish)
18. Yoqutxon Xolbekova (uzunlikka sakrash)
19. Yorqin Odilov (nayza uloqtirish)

Para-suzish

1. Islam Aslanov (50 m erkin)
2. Islam Aslanov (100 m batterflyay)
3. Dmitriy Xorlin (50 m erkin)
4. Firdavsbek Musabekov (100 m brass)
5. Firdavsbek Musabekov (200 m kompleks)
6. Muzaffar Tursunxo‘jayev (50 m erkin)
7. Muzaffar Tursunxo‘jayev (100 m batterflyay)
8. Shoxsanamxon Toshpo‘latova (50 m erkin)
9. Shoxsanamxon Toshpo‘latova (100 m batterflyay)
10. Shoxsanamxon Toshpo‘latova (200 m kompleks)
11. Nigoraxon Mirzohidova (100 m baterflyay)
12. Muslima Odilova (50 m erkin)

Para-dzyudo

1. Sherzod Namozov (-60 kg)
2. Uchqun Quronboyev (-66 kg)
3. Feruz Sayidov (-73 kg)
4. Dovurxon Karomatov (-81 kg)
5. Shuhrat Boboyev (-90 kg)
6. Sharif Halilov (-100 kg)
7. Shirin Sharipov (+100 kg)
8. Lobar Xurramova (-48kg)
9. Sevinch Salayeva (-52 kg)
10. Parvina Samandarova (-58 kg)
11. Nafisa Sheripboyeva (-63 kg)
12. Vasila Aliboyeva (-70 kg)

Para-kanoe

1. Azizbek Abdulhabibov (200 m)
2. Hayitmurod Sherqo‘ziyev (200 m)
3. Shahnoza Mirzayeva (200 m)

Para-taekvondo

1. Zuxriddin Tohirov (- 61 kg)
2. Ziyodaxon Isaqova (- 49 kg)
3. Guljanoy Naimova (+ 58 kg)

Para-pauerlifting

1. Ro‘za Qo‘ziyeva (-61 kg)
2. Farhod Umrzoqov (-88 kg)
3. Nuriddin Davlatov (-107 kg)

Para-akademik eshkak eshish

1. Feruza Bo‘riboyeva (2000 m)
2. Otabek Qo‘chqorov (2000 m)

Para-o‘q otish

1. Server Ibragimov (50 m pistolet)

O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi Rioda 32 nafar sportchi bilan ishtirok etib, 31 ta medalni qo‘lga kiritgan edi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari 2021 yilning 24 avgustidan 5 sentyabriga qadar bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi Tokio Paralimpiya o'yinlari Husniddin Norbekov

Baholaganlar

329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing