“Tokio-2020” Olimpiadasiga litsenziya olgan sportchilarga qancha mukofot puli beriladi?

Olam

image

Bugun, 23 iyun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov “Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritgan sportchilarga qancha mukofot puli berilishiga oydinlik kiritdi.

Oybek Qosimovning ta’kidlashicha, ushbu Olimpiyada o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritgan sportchi uchun davlat tomonidan 100 million, sportchining murabbiyiga esa 50 million miqdorida mukofot puli beriladi. Ushbu pullar sportchi Olimpiyada qanday ishtirok etishidan qat’iy nazar qaytarib olinmaydi

Ma’lumot o‘rnida, 2016 yili Braziliyada bo‘lib o‘tgan “Rio-2016” Olimpiadasida oltin medal olgan sportchilar 200 000 AQSH dollari, kumush medal olgan sportchilar 100 000 AQSH dollari va bronza medali olgan sportchilar 75 000 AQSH dollari bilan mukofotlangan edi.

7 may kuni O‘zbekistonning “Tokio-2020” Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan delegatsiyasi vakillarini koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlangan bo‘lib, bugungacha 250 nafar sportchi emlangan.

Avvalroq, kasallik tarqalishi xavfi tufayli o‘yinlarni chet ellik tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qilingani, shuningdek Shimoliy Koreya Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashmacligi haqda xabar bergan edik.

Hozirda, Tokio yozgi Olimpiya o‘yinlarining bekor qilinishini qo‘llab-quvvatlovchi petitsiya muhokamaga qo‘yilgan bo‘lib, 14 mayga qadar 350 ming imzo to‘plagan

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha o‘tkazilishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalar bir yilga qoldirildi va 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing