Tokio-2020: ertaga o‘zbek atletlari 10 yo‘nalishda medallar uchun kurashadi. 

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, Tokio Olimpiadasining dastlabki kungi bellashuvlari o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqqiyatsiz yakunlandi. Ertaga, 25 iyul kuni o‘zbek atletlari 10 ta yo‘nalishda medallar uchun kurashadi.

Dastavval, 2000 metr masofaga eshkak eshish bahslarida 6 terma jamoa ichida 4-natijani qayd etgan Shahboz Xolmirzayev va Sobirjon Safaraliyev Toshkent vaqti bilan soat 06:10 dan boshlab o‘tish bahslarida ishtirok etadi. Soat 06:15 da esa tayekvondoning -68 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi Ulug‘bek Rashitov o‘z urinishini boshlaydi. Rashitovga Mali terma jamoasi vakili Seydu Fofana raqiblik qiladi. Bahs g‘olibini koreyalik Li Dae Xun kutib turibdi. 

Soat 07:00 da boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida -51 kg vaznda Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Tursunoy Rahimova polshalik Sandra Drabikka qarshi ringga chiqadi.

Ikki nafar o‘zbek dzyudochilari ham xuddi shu vaqtda dayanga ko‘tariladi. Ayollar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova mog‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasuren bilan, erkaklar o‘rtasida -66 kg vaznda Sardor Nurillayev moldovalik Denis Viyeru bilan bellashadi.

Soat 09:00 dan boshlab velosportchi Olga Zabelinskaya o‘z ishtirokini boshlaydi.

Sport gimnastikasining tayanib sakrash yo‘nalishida 8-marta Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan jahon rekordchisi Oksana Chusovitina ishtirokidagi dastur 13:05 da boshlanadi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, ertaga boks bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi. -64 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov ashaddiy raqiblaridan biri mog‘ulistonlik Chinzorig Baatarsuxga qarshi jang qiladi. Bellashuv taxminan soat 15:20 atrofida start oladi. Soat 16:45 da -81 kg vazn toifasidagi bokschi Dilshod Ro‘zmetov irlandiyalik Emmett Brennan bilan “hisob-kitob” qiladi.

Og‘ir atletikaning -67 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Adhamjon Ergashev o‘zining ishtirokini soat 15:50 da boshlashi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Oksana Chusovitina Olimpiya o'yinlari Tokio-2020 Adhamjon Ergashev

Baholaganlar

203

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing