Toqayev Mirziyoyevni Nur-Sultonga taklif qildi
Jamiyat
−
15 aprel 2019 5554 1 daqiqa
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga javob tashrifi bilan mamlakatiga borishni taklif qildi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.
Qosim-Jomart Toqayev Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston rahbarini o‘ziga qulay vaqtda Qozog‘istonga borishini taklif qilgan. Tashrif vaqti diplomatik yo‘llar orqali belgilanadi.
“Men bugun Shavkat Mirziyoyevni javob tashrifi bilan Qozog‘istonga borishni taklif qildim. O‘ylashimcha, bu voqea yaqin kelajakda amalga oshadi”, degan Toqayev muzokaralar yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, Qosim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi davomida Soliq rezidentligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni tan olish tartibi, O‘zbekiston va Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan ikki mamlakat fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida bitimlar, “Markaziy Osiyo” savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish to‘g‘risida memorandum va boshqa sohalarga oid kelishuvlar imzolandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025