To‘qayev Qozog‘iston nega “Tolibon”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarganini tushuntirdi

Olam

image

Qozog‘iston savdo-iqtisodiy hamkorlik tufayli “Tolibon” guruhini terrorchilar ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev KXSHTga a’zo davlatlar parlament palatalari spikerlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Qozog‘iston zamonaviy Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi va bu rejim uzoq muddatli omil ekanligini anglagan holda “Tolibon”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqardi”, deydi u.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi bosqichdagi strategik vazifalardan biri Afg‘onistonni mintaqalararo aloqalarga faol jalb etishdan iborat. Shu munosabat bilan davlat rahbari Qozog‘istonning Olmaota shahrida BMTning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha mintaqaviy markazni tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, 2023 yil dekabrida Qozog‘iston hukumati “Tolibon”ni taqiqlangan guruhlar ro‘yxatidan chiqarib tashlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Tolibon Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing