To‘qayev hozirgi vaziyatda Putinni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi – OAV

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon suhbatini amalga oshirdi. Qozog‘iston yetakchisi davom etayotgan hozirgi voqealar Rossiyaning ichki ishi ekanini aytdi. “Rossiyaning ichki ishi” jumlasi bir qator ommaviy axborot vositalari tomonidan “To‘qayevning Rossiya Prezidentini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi”, deya talqin qilinmoqda

Qayd etilishicha, ikki davlat rahbari telefon orqali Rossiyadagi joriy vaziyatni muhokama qilgan. Qozog‘iston Prezidentining matbuot xizmati bergan xabarda aytilishicha, To‘qayev konstitutsiyaviy tuzum va qonun ustuvorligi mamlakatda qonuniylik va tartibni ta’minlashning ajralmas sharti ekanini hamda bu jamiyat xavfsizligi va uning muvaffaqiyatli rivojlanishining asosiligini ta’kidlagan. 

O‘z navbatida Vladimir Putin Qozog‘istonga Rossiya Federatsiyasidagi mavjud vaziyatni tushungani uchun minnatdorchilik bildirgan. 

Rossiya ommaviy axborot vositalarida ham To‘qayevning so‘zlari Putinga “yo‘q”, deyishning diplomatik tildagi ifodasi sifatida talqin qilinyapti. 

Avvalroq, Vladimir Putin Belarus va O‘zbekiston Prezidentlariga ham qo‘ng‘iroq qilib, ularni Rossiya ichidagi hozirgi vaziyatdan xabardor qilgan edi

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab olgandi. Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Buning ortidan Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” hujum otryadlari jangchilariga, Prezident Vladimir Putin esa rossiyaliklarga murojaat bilan chiqdi. Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarini ogohlantirdi.

Avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev va uning oilasi Moskvadan evakuatsiya qilingani, Putin ham vertolyotda Novogorodning Valday shahriga ketgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin To'qaev telefon suhbati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing