Tog‘li Qorabog‘da harbiy holat e’lon qilindi 

Olam

image

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasida harbiy holat joriy qilindi. Bu haqda respublika rahbari Matbuot xizmati ma’lum qilgan

“26 mart kuni Arsax Respublikasi Prezidenti  (Tog‘li Qorabog‘ning armancha nomi) Araik Arutyunyan Arsax Respublikasi hududida e’lon qilingan harbiy holat sharoitida huquq va erkinliklarni vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi”, deyiladi xabarda. 

Harbiy holat davrida yig‘ilishlar erkinligi huquqi cheklangan, ish tashlashlar va boshqa tadbirlar taqiqlanadi, mudofaa qobiliyati va xavfsizligiga qarshi qaratilgan tashviqot yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning faoliyati to‘xtatiladi.

Farmonda belgilangan huquq va erkinliklarga vaqtinchalik cheklovlar qo‘llanilishini ta’minlash uchun javobgarlik Arsax Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati zimmasiga yuklatilgan.

Qorabog‘ urushi 

Ozarbayjon va Armaniston 2020 yil aynan Qorabog‘ hududi masalasida o‘zaro hisob-kitob qilib olishdi. Ikkinchi Qorabog‘ urushi yoki “Vatan muhorabasi” nomi bilan tarixga kirgan harbiy to‘qnashuvlar 2020 yilning 27 sentyabr kuni boshlanib, 44 kun davom etdi. 2020 yilning 9 noyabridan 10-siga o‘tar tunda “Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish haqida”gi bayonot imzolandi. Shunisi aniqki, urush yakunlariga ko‘ra, Turkiya qo‘llovidagi Ozarbayjon g‘alaba qildi. Rossiyaning yordamiga umid qilgan Armaniston esa mag‘lubiyatga yuz tutdi. 

Harbiy salohiyati bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinda turuvchi Turkiya Qorabog‘ urushida faol tarzda Ozarbayjonni ham ruhiy, ham siyosiy, ham harbiy jihatdan qo‘lladi. Aslida, Turkiya Birinchi Qorabog‘ urushidan beri Ozarbayjonni qo‘llab keladi. 2010 yilda ikki davlat harbiy hamkorlik borasida strategik sheriklikka erishgach, ushbu qo‘llov amaliy ko‘rinish kasb eta boshladi. Shundan so‘ng, Turkiya Ozarbayjon Qurolli Kuchlari uchun zobitlar tayyorlab, ushbu davlatga qurol eksport qilish bo‘yicha Rossiya va Isroildan so‘ng uchinchi o‘ringa chiqdi. Ayniqsa, o‘tgan 2020 yilda qurol eksporti 6 barobarga ortib ketdi. Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar oldidan esa bu ikki davlat o‘zaro harbiy dala o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar yakunida Turkiya Ozarbayjonda 2 ta F-16 qiruvchi samolyotini ham qoldirgani aytiladi. Turkiyada ishlab chiqarilgan Bayraktar uchuvchisiz harbiy apparatlarining ham Ozarbayjon g‘alabasini ta’minlashdagi o‘rni yuqori bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

335

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing