Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi mumkin

Bu qiziq

−

image

Bugun, 11 mart kuni ba’zi tog‘li hududlarda qor ko‘chishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qayd etilishicha, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5 daraja iliq bo‘lishi aytilgan.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilib, qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Ayrim hududlarda qor ko‘chish xavfi aytilgan.

Bundan tashqari, ba’zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sekundiga  7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5 daraja sovuq bo‘lishi aytilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing