Tobut bilan raqsga tushuvchilar shifokorlarga murojaat qilishdi

Olam

image

Ganada tobut bilan raqsga tushuvchilar shifokorlarga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Tegishli murojaat guruh rahbari Benjaminning Twitter sahifasida video shaklida joylashtirildi.

“Dunyoning barcha shifokorlariga rahmat. Uyda qoling yoki biz bilan raqsga tushing“, deydi Benjamin.

Ushbu raqqoslar 2020 yilda mashhurlikka erishdi. Internet foydalanuvchilari ularga “2020 yil ramzi“ deb nom berishdi. 

Ma’lumot uchun, ushbu “quvnoq“ dafn qilish marosimi ilk bor Gana davlatida 2017 yilda hujjatli film suratga olish jarayonida aniqlangan. Unda BBC jurnalistlari mamlakatda o‘zgacha dafn marosimining o‘ziga xos xususiyatlari haqida lavha tayyorlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Shifokorlar

Baholaganlar

665

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing