Tijorat banklarida maosh to‘lashning bonusli tizimi joriy qilinadi
Jamiyat
−
01 noyabr 2019
5428O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilgani haqida xabar bergan edik.
Qaror bilan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi kadrlari salohiyatini rivojlantirishning asosiy tamoyillari etib belgilandi:
• kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro standartlarga va ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan tizimli yondashuv;
• tijorat banklarining boshqaruv, o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlari mehnatiga ularning malakasi, bilimi va aniq ish natijalaridan (KPI) kelib chiqqan holda haq to‘lashning bonusli tizimini joriy etish;
• kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksizligi, o‘qitish dasturlarining zamonaviy tijorat banklari tomonidan keng foydalanilayotgan raqamli texnologiyalarga muvofiqligini ta’minlash;
• tegishli lavozim uchun talab etiladigan malaka va tajribaga ega bo‘lgan boshqaruv xodimlarini, investitsion banking, loyihaviy moliyalashtirish, xatarlarni boshqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlash;
• o‘qiyotgan kadrlarga taktik va strategik istiqboldagi samarali ishlash uchun zarur bilimlarni berish va ko‘nikmalarni shakllantirish;
• biznes yuritishning umumiy tamoyillarini va yagona korporativ madaniyatni shakllantirish;
• bank mutaxassislari, o‘qituvchilar tarkibi va talabalarni bank ishining aniq yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy banklarda va ta’lim muassasalarida o‘qitish hamda stajirovkadan o‘tkazish.