TIV Ukrainadan qancha o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingani haqida ma’lumot berdi
Olam
−
27 fevral 2022
10694Bugun, 27 fevral kuni Ukrainaning Lvov shahridan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat navbatdagi guruh Ukraina-Polsha chegarasidagi “Krakovets-Karchova” nazorat-o‘tkazish punkti sari yo‘lga chiqdi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shu vaqtgacha 600 dan ziyod O‘zbekiston fuqarolari Polsha chegarasiga yetkazilgan.
Elchixona vakillarining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari izchil davom etmoqda.
Avvalroq 90 dan ortiq fuqarodan iborat birinchi guruh Polsha chegarasi tomoni yo‘lga chiqqani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, TIV O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi ushbu mamlakatdagi fuqarolarni evakuatsiya qilish uchun harakat qilayotganini ma’lum qilgandi. Ammo harbiy harakatlar sabab Ukrainaning markaziy va sharqiy viloyatlaridagi vatandoshlarni evakuatsiya qilish imkonsiz bo‘lib turgani aytilgan.
LiveBarchasi