TIV Rossiyaning ikki shahrida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida bayonot berdi
Olam
−
22 fevral 2020
46372020 yilning 18 fevral kuni Rossiyaning Krasnodar shahridagi qurilish ob’ektlaridan birida O‘zbekiston fuqarosi M.A. balandlikdan yiqilib tushib vafot etgan. Bu haqida O‘zbekistonning Rostov-na-Donu shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma’lum qilmoqda.
19 fevral kuni esa Volgograd viloyati, Ilovlya tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida yana bir O‘zbekiston fuqarosi Sh.J. halok bo‘lgan.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur fojiali vaziyatlar Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilinmoqda.
“Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi va Janubiy federal okrugi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Rostov-Don shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7-863-285-50-57”, deyiladi TIV xabarida.
LiveBarchasi