Jalaquduq tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2020
9131Bugun, 9 sentyabr kuni Andijon viloyatining Xo‘jaobod va Asaka tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani haqida xabar bergan edik. Shu bugun viloyatning Jalaquduq tumaniga ham yangi hokim tayinlandi.
Ma’lum qilinishicha, Jalaquduq tumani hokimi lavozimiga Hikmatillo Abdulhamidovich Latipov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Hikmatillo Latipov hokimlikka qadar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va xarajatlarni tahlil qilish axborot-tahlil sho‘basi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Hokimlik xabariga ko‘ra, Jalaquduq tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Furqatjon G‘ulomjonovich Buzrukov Jalaquduq tumani Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyaning qaroriga muvofiq egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi