TIV xodimi Farg‘ona hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya va madaniy hamkorlik departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Mamajonov Nuriddin Yoqubjonovich Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 28 noyabr kuni viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimining tegishli qarori o‘qib eshittirilib, Nuriddin Mamajonov viloyat hokimining o‘rinbosari sifatida tanishtirilgan.

Ma’lumot uchun, Nuriddin Mamajonov 1982 yil 27 iyulda Quvasoy shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini hamda Markaziy Bogema universitetini (Praga) tamomlagan. Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida (Praga) Biznes boshqaruv doktori (DBA) ilmiy darajasini olgan.

Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida, Adliya vazirligida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasida, Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasida faoliyat olib borgan. 2022-2023 yillarda O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan.

Nuriddin Mamajonov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya va madaniy hamkorlik departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari – Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

2021 yil may oyidan 2023 yil noyabrga qadar Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib faoliyat olib borgan Iqboljon Ergashev Prezident qaroriga asosan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Nuriddin Mamajonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made