TIV Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi
Jamiyat
−
28 dekabr 2021
8009Avvalroq, kecha, 27 dekabr kuni Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqidagi xabar bergan edik. YTH oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.
O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi Olma-ota-Bishkek avtoyo‘lida 33 kishi, shu jumladan, mamlakat fuqarolarini olib ketayotgan avtobus ishtirokidagi avariya ro‘y bergani haqidagi axborotni tasdiqladi.
“Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlangan va halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan”, deyilgan TIV xabarida.
Voqea joyida avtobus tashkil etilgan. O‘zbekistonliklar Olma-ota-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab vatanga sog‘-salomat qaytib kelishgan.