TIV Indoneziya elchisining o‘limiga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
14 iyun
4190Indoneziya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sunaryo Kartadinataning vafoti munosabati bilan TIV hamdardlik bildirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
“Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Sunaryo Kartadinata janoblarining bevaqt vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Janob Kartadinata o‘z vatani uchun tinimsiz mehnat qilgan, Indoneziya manfaatlarini g‘oyat professionallik va fidoyilik bilan ilgari surgan taniqli va tajribali diplomat edi. Uning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi beqiyos. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi jamoasi elchining oila a’zolari va yaqinlariga hamda barcha indoneziyalik do‘stlarimizga hamdardlik bildiradi”, deyilgan vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, bir vaqtning o‘zida Qirg‘izistondagi elchi vazifasini ham o‘tagan Kartadinata 2019 yildan boshlab Indoneziyaning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari sifatida faoliyat olib borayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sunaryo Kartadinata vafot etgani haqida xabar berilgandi.