“Titanik”ga tegishli menyu auksionga qo‘yildi

Bu qiziq

image

Dunyoga mashhur “Titanik” kemasining qoldiqlari orasidan topilgan noyob birinchi toifali menyu halokatdan 111 yil o‘tib, auksionda sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Euronews” nashri xabar berdi. 

Ushbu menyu kema Kuinstaun shahridan suzib ketganidan keyin bortdagi birinchi kechki ovqat qanday bo‘lgani haqida ma’lumot beradi. Unga ko‘ra, 1912 yil 11 aprelga o‘tar kechasi kechki ovqatga ustiritsa, qizil ikra, mol go‘shti, qo‘zichoq go‘shti, o‘rdak, o‘rikli shirinlik, Viktoriya pudingi va fransuz muzqaymoqlari tortilgan.

Menyuning uzunligi 16 sm, eni esa 11 smni tashkil etadi. Qog‘ozning yuqori qismida qip-qizil bayroqda oq yulduzning tasviri bo‘rtma qilib tushurilgan. Bildirilishicha, o‘sha kecha uchun birinchi darajali menyuning boshqa saqlanib qolgan namunalari yo‘q. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, menyu hozirda 60-70 ming funt sterlingga (73-86 ming AQSH dollari) sotilishi kutilmoqda.

Shuningdek, kimoshdi savdosida kemaga tegishli yana bir necha buyumlar ham qo‘yiladi. Ular orasida ikkinchi toifali yo‘lovchi sifatida sayohat qilgan rossiyalik Sinay Kantorga tegishli cho‘ntak soati va omon qolganlardan biri qutqaruv qayig‘ida isinish uchun foydalangan choyshab ham bor. U 100 ming funt sterlinggacha (122 ming AQSH dollari) sotilishi kutilmoqda. Auksion ertaga, 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.  

Ma’lumot uchun, “Titanik” 1912 yil 15 aprelning erta tongida cho‘kib ketgan. Bortdagi 2 ming 223 yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan faqat 706 nafari tirik qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Titanik” kemasining urugvaylik yo‘lovchisi Ramon Artagaveytia Gomesning oilasiga yuborgan so‘nggi maktubi auksionda 12 ming dollarga sotilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Titanik soat menyu choyshab

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing