“Titanik” cho‘kkan joyda sayyohlik suvosti kemasi g‘oyib bo‘ldi 

Olam

image

Atlantika okeanida sayyohlarni 1912 yilda mashhur “Titanik” kemasi cho‘kkan joyga olib boruvchi suvosti kemasi g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi

Qayd etilishicha, izsiz yo‘qolgan kema bortida qancha odam bo‘lgani aniq emas. Hozirda Boston qirg‘oq qo‘riqlash xizmati uni topish bo‘yicha operatsiya boshlanganini ma’lum qilgan. 

Bugungi kunda bir qancha kichik suvosti kemalari sayyohlar va mutaxassislarni okean tubidagi “Titanik” cho‘kmasini tomosha qilish uchun olib boradi. Shunday xususiy kompaniyalardan biri hisoblangan OceanGate Expeditions yaqinda ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zining ekspeditsiyalaridan biri davom etayotgani haqida xabar bergan. Kompaniya 8 kunlik sayohatda qatnashish uchun talabgorlardan 250 ming dollardan olgan. 

OceanGate Expeditions o‘z suvosti kemasidagi sayohatni “kundalik hayotdan tashqariga chiqish va chindan ham g‘ayrioddiy narsani kashf qilish imkoniyati”, deya ta’riflagan. 

Ma’lumot uchun, “Titanik” kemasi 1912 yilning 15 aprel kuni Sautgemptondan Nyu-Yorkka o‘zining birinchi safari vaqtida aysbergga urilgan. Bortdagi 2200 yo‘lovchidan 1500 dan ortig‘i halok bo‘lgan. Kema cho‘kmasi 1985 yilda topilgan bo‘lib, u Kanadaning Nyufaundlend sohilidan taxminan 600 kilometr uzoqlikda, okeanning 3800 metr chuqurligida joylashgan. 

Eslatib o‘tamiz, OceanGate Expeditions okean tubiga sayohatlarini 2021 yildan boshlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Titanik sayyohlik suvositi kemasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing