“Titanik” kemasi halokatiga qiziqqanlar uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘lmoqda

Bu qiziq

image

Amerikaning OceanGate Expeditions kompaniyasi 2021 yilda Atlantika okeanining tubiga ekskursiyalar uyushtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Bloomberg" xabar bergan. 

Ma’lumotga ko‘ra, ekskursiya davomida sayyohlar halokatga uchragan "Titanik" kemasining qoldiqlarini ko‘rishi mumkin bo‘ladi. 

Ekskursiyalar may oyidan sentyabr oyigacha tashkil etilishi ma’lum qilingan. Unda sayyohlar taxminan to‘rt ming metrgacha chuqurlikka sho‘ng‘iy olishlari va laynerga yaqindan qarashlari, shuningdek, batiskafni boshqarishga harakat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, chuqurlikka sho‘ng‘ish olti soatdan sakkiz soatgacha davom etadi. Bu vaqt oralig‘ida sayyohlarga 50-60 nafar olimlardan iborat guruh hamrohlik qiladi. 

Ekskursiya Kanadaning Nyufaundlend orolidan boshlanadi. U yerda sayyohlar kemaga o‘tirib, Titanik cho‘kib ketadigan joyga borishadi. 

Bitta ekskursiyaga uchtagacha odam a’zo bo‘lishi mumkin. 

Sayohat juda qimmat bo‘lishi kutilmoqda. Okean tubiga bormoqchi bo‘lgan sayyohlar 125 ming dollar to‘lashi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, hozirda eng qimmat ekskursiya Everest cho‘qqisiga chiqish. Tajribali instruktor bilan Everest cho‘qqisiga ko‘tarilish 45 ming dollar talab qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

titanik

Baholaganlar

554

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar