“Titanik” 3D formatda ekranlarga qaytadi

Madaniyat-san’at

image

Rekord darajada ko‘rilgan “Titanik” filmi 2023 yilning fevral oyida yangilangan versiyada katta ekranlarga qaytadi. Bu haqda “Independent” xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangilangan format film ishlanganligining 25 yilligiga bag‘ishlanadi. Yangi kartina “Paramount Pictures Studio”si tomonidan 3D 4K HDR formatida kadrlar tezligi oshishi bilan qayta ishlanadi.

Ushbu film real voqealarga asoslangan bo‘lib, unda 1912 yil aprel oyida Buyuk Britaniyadan Amerikaga yo‘lga chiqqan, “cho‘kmas” deya ta’rif berilgan yo‘lovchi laynerining ayanchli halokati tasvirlanadi. Kartina 1997 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, eng yaxshi film, eng yaxshi rejissyor, eng yaxshi operator va eng yaxshi qo‘shiq kabi 11 ta “Oskar” va 4 ta “Golden Globus” mukofotlarini qo‘lga kiritgan. 

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Oskar Titanik Golden Globus Paramount Pictures Studio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing