“Tirik qolganlar yo‘q”. Yangi Zelandiya vulqoni oqibatlari ma’lum qilindi

Olam

image

Yangi Zelandiyaning Uayt-Aylend orolidagi vulqonning otilishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Avvalroq mahalliy OAV tabiat hodisasi oqibatida 18 kishi halok bo‘lgani, 2 kishi izsiz yo‘qolgani haqida xabar bergan edi.

9 dekabr kuni Oklenddan 270 km janubda joylashgan vulqon otilishni boshlangan. Ushbu vulqon sayyohlar orasida mashhur. U otilgan vaqtda orol va uning atrofida turli mamlakatlarning 47 kishi bo‘lgan. Portlashdan keyin sakkiz kishi bedarak yo‘qolgani ma’lum qilingan. Jabrlanganlarning aksariyati jiddiy jarohatlar olgani aytilmoqda.

Jarohat olgan 31 kishining 27 nafarida tananing 30 foiz kuyishi kuzatilgan. 

Politsiyaning ta’kidlashicha, Uayt-Aylendda tirik qolganlar yo‘q.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yangi Zelandiya vulqon

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing