Tinchlikka erishish uchun mustaqil va ozod Falastin davlati tashkil etilishi shart – Mirziyoyev
Jamiyat
−
07 iyun
5596Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘azo sektorida zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatish va Falastin-Isroil muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda u kecha, 6 iyun kuni Anqarada Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bergan bayonotida so‘z ochdi.
"Barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun mustaqil va ozod Falastin davlati tashkil etilishi shart", deydi O‘zbekiston rahbari.
Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Islom dinining asl insonparvar mohiyatini keng targ‘ib qilish, islomofobiya va radikalizmga qarshi kurashishda, shuningdek, o‘zbek zaminida tug‘ilib o‘sgan va musulmon dunyosida yuksak qadrlanadigan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband kabi buyuk allomalarning bebaho ma’naviy merosidan samarali foydalanish masalalarida hamkorlik qilish borasida yakdil fikr bildirdi.
Muzokaralarda madaniy-gumanitar almashinuvni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Xalqlar o‘rtasidagi yaqinlikni mustahkamlash maqsadida o‘zaro madaniyat haftaliklari, ta’lim va tibbiyot forumlari, ko‘rgazmalar o‘tkazish va turistlar oqimni oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
LiveBarchasi