Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga 285 nomzod ko‘rsatildi
Olam
−
29 fevral
41282024 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga 285 nomzod ko‘rsatilgan. Bu haqda Norvegiya Nobel institutining tegishli bayonotida ma’lum qilindi.
Joriy yil kuzda Norvegiyada topshiriladigan 2024 yilgi mukofot uchun 285 nomzod da’vogarlik qilmoqda. 196 kishi va 89 tashkilot nomzodi ilgari surildi.
O‘tgan yili institutda 351 ta nominatsiya ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ularning soni bo‘yicha rekord 2016 yilda o‘rnatilgan – 376 ta.
Nomzodlarning to‘liq ro‘yxati an’anaga ko‘ra qat’iy sir saqlanishi va mukofotlar e’lon qilinganidan keyin 50 yil o‘tib ommaga e’lon qilinishi mumkinligiga qaramasdan, ba’zi nomzodlar haqidagi ma’lumotlar allaqachon mavjud.
Nomzodlar qatoriga Norvegiya Nobel qo‘mitasining sobiq va amaldagi a’zolari va uning maslahatchilari, Tinchlik mukofotining avvalgi laureatlari, milliy parlament a’zolari va tarix, falsafa, huquq yoki ilohiyot bo‘yicha ixtisoslashgan universitet professorlari kiradi.
Avvalroq Norvegiya va jahon OAVlari NATO Bosh kotibi va Norvegiyaning sobiq bosh vaziri Yens Stoltenberg, amerikalik milliarder Ilon Mask, WikiLeaks asoschisi Julian Assanj, britaniyalik tabiatshunos Devid Attenboro, AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp, Rim papasi Fransisk va BMT kotibi Antoniu Guterrish, Yevropa Kengashi, UNESCO, BMT Xalqaro Sudi, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligi (UNRWA) va uning komissari Filipp Lazzarini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti nomzodlari sifatida ko‘rsatilayotgani haqida xabar bergan edi.
Mukofotga nomzodlarni 31 yanvargacha ko‘rsatish mumkin edi, bu muddatdan keyin faqat qo‘mita a’zolari nomzod ko‘rsatish huquqini saqlab qoladi. Ular odatda bu huquqidan fevral oyida bo‘lib o‘tadigan birinchi yig‘ilishida foydalanishlari mumkin.
LiveBarchasi