Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi qamoq jazosiga hukm qilindi

Olam

image

Bangladeshda Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Dhaka Tribune” xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Dakka sudi 83 yoshli  Muhammad Yunusni mehnat qonunchiligini buzganlikda ayblab, kecha, 1 yanvar kuni olti oyga ozodlikdan mahrum qilgan.

Muhammad Yunus qamoqqa olingan kunning o‘zida sud qaroridan so‘ng garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Mahkumga Bangladesh Oliy sudiga shikoyat qilish uchun bir oy vaqt bergan.

Nobel sovrindoriga qamoq jazosidan tashqari qo‘shimcha moddalar bo‘yicha 5 ming taka (45 dollar) va boshqa modda bo‘yicha 25 ming taka (227 dollar) miqdorida jarima ham belgilangan. 

Ma’lumot uchun, Muhammad Yunus 2006 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish, Bangladesh qishloqlaridagi kambag‘allarga mikrokreditlar tarqatish borasidagi faoliyati uchun Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgandi. Ko‘p o‘tmay, mamlakat bosh vaziri Shayx Hasina Muhammad Yunusni kambag‘allarni moliyaviy qullikda aybladi (ular olingan kreditlar uchun yiliga 20% foiz to‘lashlari kerak edi). 2022 yilda korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi laureatning xayriya jamg‘armalarini tintuv qilishni boshlagan.

Muhammad Yunus bilan birga mehnat qonunchiligini buzganlikda ayblangan yana uch kishi, jumladan Grameen Telecom kompaniyasi bosh direktori Ashraful Hasanga ham olti oy qamoq jazosi va jarima tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda siyosiy mahbus, huquq himoyachisi va Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Nargis Muhammadiyning mukofot olganidan keyingi ilk sudi bo‘lib o‘tishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nobel' mukofoti Muhammad Yunus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing