Koronavirus Yevro-2020 ga xavf sola boshladi
Jamiyat
−
26 fevral 2020
6369Koronavirus bilan bog‘liq holat yomonlashsa, 2020 yilgi Yevropa chempionati qayta rejalashtirilishi va bekor qilinishi mumkin. Bu haqda UEFA vitse-prezidenti Mikel Uva ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, UEFA voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
“Futbol mamlakatdagi vaziyatga moslashishi kerak. Turnirlarni to‘xtatmaslikka harakat qilamiz. Vaziyat yomonlashsa, musobaqalar to‘xtatiladi”, deya tushuntirdi u.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi Yevropa chempionati 12 iyunda boshlanadi va bir oy davom etadi.
LiveBarchasi