TikTok Instagram'ning yangi funksiyasini ko‘chirdi

Texnologiya

image

Xitoyning TikTok videoplatformasi pullik obunalarni sinovdan o‘tkazish boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda “3DNews” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kompaniya platformada kontentni monetizatsiya qilish uchun yangi xususiyat ustida ishlayotganini tasdiqlagan, biroq bu funksiya haqida tafsilotlarni oshkor qilishdan bosh tortgan. 

“TikTok  platforma foydalanuvchilariga o‘z kontentiga obuna bo‘lish uchun to‘lov olishiga ruxsat berish g‘oyasini sinab ko‘rmoqda", deydi kompaniya vakili. 

Aytish joizki, u sinov qanday o‘tkazilayotgani yoki pullik obunalar qanday amalga oshirilishi haqida batafsil ma’lumot berishdan bosh tortgan. Shuningdek, TikTok qachon  barcha foydalanuvchilarga yangi funksiyadan foydalanish imkoniyatini berishi ham hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Instagram ijtimoiy tarmog‘i blogerlar o‘z kontentini yanada samaraliroq monetizatsiya qilishi uchun pullik obunalarni yaratish imkoniyatini taqdim etishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing