Tixanovskaya va uning sheriklari tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi
Olam
−
19 Oktabr 2020
5078Belarus muxolifati yetakchilari Svetlana Tixanovskaya, Mariya Kolesnikova va Veronika Sepkalo 2021 yil uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘lishdi. Ushbu tashabbus Norvegiya parlamenti deputati Geyr Toskedal tomonidan amalga oshirilgan.
"Belarusning muxolifat siyosatchilari ajoyib jasoratga ega. Hokimiyat ularga qarshi zo‘ravonlik ishlatishiga qaramay, ular tinch namoyishlar uyushtirmoqdalar", deya izoh bergan deputat ushbu qaroriga.
Unga ko‘ra, ayollar Respublikadagi noqonuniy rejimga qarshi tinch kurash va adolatli saylov natijalarini himoya qilish istagi uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiqdirlar.
Avvalroq, Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Amerikaning nodavlat Xalqaro Respublika institutining Jon Makkeyn mukofotiga sazovor bo‘lgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan 9 avgustdan beri namoyishlar bo‘lib o‘tyapti. Namoyishchilar saylov natijasidan norozi bo‘lib, namoyishlar uyushtiryapti. Ular saylovni qayta o‘tkazishni talab qilyapti. Belarus Prezidenti esa qayta saylov o‘tkazish uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish kerakligini aytyapti.
LiveBarchasi