Tibbiyot, xalq ta’limi milliardlab pullarimizni o‘g‘irlayapti – Mirziyoyev 

Jamiyat

image

O‘zbekistonda korrupsiya juda kuchli. Tibbiyot, xalq ta’limi sohalari ajratilgan milliard-milliard pullarni o‘g‘irlayapti. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi. 

Videoselektorda Shavkat Mirziyoyev poraxo‘rlik ko‘payib ketgani sabab hudud rahbalarini qat’iy ogohlantirgan.

"Uch oy bo‘lmasdan pora oladigan hokim yordamchisini kim qo‘ygan. Barcha tuman, shahar hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlari, respublika vakillarini qat’iy ogohlantirmoqchiman. Odamlarni sarson-sargardon qilib, ularning qadrini tushunmagan rahbarlarga oramizda joy yo‘q. Poraxo‘rlik bilan shug‘ullanyaptimi, ularning hammasini qonun doirasida jazolash kerak”, deydi davlat rahbari. 

Shuningdek, Prezident davlat byudjetidan berilayotgan pullar joyiga yetib bormayotganiga to‘xtalgan.

“Pullarni tarqatyapmiz, joyiga yetib bormayapti. Bosh prokurorga topshiriq berdim. Mana, tahlil qilibdi. Ko‘rdik, qaysi sohalarda korrupsiya kuchli ekanini — tibbiyot, xalq ta’limi bergan milliard-millard pullarimizni o‘g‘irlayapti. O‘sha "rayonning" rahbarlari bormi yoki yo‘qmi, degan savol meni qiynaydi", deydi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1768

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing