Tibbiy niqoblarning global zaxiralari tugab bormoqda
Olam
−
08 fevral 2020
5613Avvalroq, O‘zbekiston markazi hisoblangan Toshkent shahrida 60 foiz dorixonalarda niqob yetishmovchiligi mavjudligi hamda niqoblar narxi 1000 so‘mdan 5000 so‘mgacha ko‘tarilgani haqida xabar bergan edik.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreyesusning ta’kidlashicha, tibbiy niqoblarning global zaxiralari tugab bormoqda. Bu haqda JSST sayti xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, niqob va respiratorlarga bo‘lgan talab 100 baravar ortgan, bu esa ularning narxini 20 baravar oshirgan.
JSST rahbari mablag‘lar yetishmasligi sharoitida tibbiy niqoblar bilan birinchi navbatda tibbiyot xodimlari, ikkinchidan, bemorlar va ularga g‘amxo‘rlik qilayotganlar ta’minlanishi kerakligini ta’kidlagan. Shuningdek, u infeksiyaning darajasi past bo‘lgan joyda shaxsiy himoya vositalarini to‘plamaslikka chaqirgan.