“The New York Times”ning yangi soni muqovasi O‘zbekistondagi imtihonlarga bag‘ishlandi
Jamiyat
−
03 Sentabr 2020
10545Xabaringiz bor, kecha, 2 sentyabr kuni O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtihonlarga start berildi. Imtihonlar koronavirus pandemiyasi sabab ilk bor ochiq osmon ostida o‘tkazilyapti.
O‘zbekiston noodatiy tarzda o‘tkazilayotgan imtihonlar Amerikada ham qiziqish uyg‘otdi. AQSHning nufuzli nashri “The New York Times” gazetasining yangi soni birinchi sahifasi O‘zbekistondagi imtihonlarga bag‘ishlandi.
“Butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘n minglab yoshlar koronavirus pandemiyasi sabab ochiq havoda institutga kirish imtihonlarini topshirish uchun chorshanba kuni sport maydonlariga yo‘l oldi”, deydi nashr imtihonlar haqida fikr bildirib.
“The New York Times” mamlakatda 1,5 millionga yaqin abituriyent oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun hujjat topshirganiga va ular taxminan 150 000 o‘rin uchun kurashishini ta’kidlab o‘tgan.
“Ikki hafta davom etadigan jarayonda 1,4 milliondan ortiq nomzod yugurish yo‘lakchasi yoki maydonda 3 soat o‘tirib, test topshiradi. Ular markazlashtirilgan qabul tizimi bo‘yicha universitetlardagi taxminan 150 ming o‘rin uchun kurashadi”, deyiladi nashr maqolasida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 42688 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 93 foizi yoki 40081 nafari sog‘aygan va 331 nafari vafot etgan.