Tezlikni oshirganlik uchun jarima kamaytirilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi uchun jarimani kamaytirish taklif qilinyapti. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 22 sentyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida muhokama qilingan.

Qonun loyihasida fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan ayrim huquqbuzarliklar uchun jarmalar miqdori pasaytirilishi belgilangan. Biroq, XDP deputatlari qo‘shimcha taklif bildirgan.

Jumladan, loyihada Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-3-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi) ikkinchi qismi sanksiyasidagi jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari (hozirda 5 baravar) qilib belgilash bo‘yicha taklif bildirilgan.

Shuningdek, jarimalar aholining real daromadlaridan kelib chiqib belgilanishi bo‘yicha yana bir qator takliflar ilgari surilgan.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil'

Baholaganlar

488

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing