Tezlikni oshirgan Olimpiya chempioni jarimaga tortildi
Sport
−
24 Sentyabr 2024 16713 1 daqiqa
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Parij-2024 Olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevning Prezident sovg‘asi – Tahoe avtomobilida cheklangan 60 km/soat me’yorni buzib, 110 km/soat tezlikda harakatlangani aks etgan videosi tarqalgan edi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirib harakatlangan Tahoe avtomashinasi haydovchisiga chora ko‘rilib, u 3 million 60 ming so‘m miqdorda jarimaga tortilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-3-moddasi 3-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borilgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr