Tezkor: Maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparatiga taqiq qo‘yildi

Jamiyat

image

Maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’moli to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi "Ko‘rsatma xati" e’lon qilindi.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova tomonidan imzolangan xaatda keltirilishicha, joriy yilning 21 sentyabr kuni Chust tumanidagi 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan. 

“Bo‘lim mutasaddilari voqea joyiga yetib borgan va dastlabki shikoyat bo‘yicha 5 nafar bola shifoxonaga olib kelinganligi, keyinchalik shikoyat qiluvchilar soni ortib borganligi, shunga ko‘ra, 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidan 35 nafar, 51-bog‘chadan 20 nafar, 18-bog‘chadan 5 nafar, 36-bog‘chadan 3 nafar, 7-sonli o‘rta ta’lim maktabidan 1 nafar, 43-bog‘chadan 1 nafar, 21-o‘rta ta’lim maktabidan 1 nafar, 30-bog‘chadan 2 nafar, 34 va 35-bog‘chadan 1 hamda oilaviy bog‘chadan 1 bola jami, 71 nafar bolaning sog‘lig‘idan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilganligi buni sababi qilib "Kaliy vodid 1 mg (0, 001g) tabletka №100 (Antistrumin)" dori vositasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 iyuldagi “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5198-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Sog‘liqni saqlash vazirligi xarid komissiyasi yig‘ilishining 4-sonli bayonnomasiga asosan tarqatilgan dori vositasini sabab qilib ko‘rsatilgan. 

Yuqoridagilarga asosan Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari "Kaliy yodid 1 mg (0, 001g) tabletka №100 (Antistrumin)" dori vositasini taqdiri hal bo‘lgunga qadar, ya’ni laborator xulosalar chiqgunga qadar taqsimot qilingan ushbu dori vositalariniste’molini zudlik bilan vaqtincha to‘xtatishingizni hamda taqsimot qilingan hudularga ham bu haqida tegishli topshiriqlar berishingizni so‘raydi”, deyiladi ko‘rsatmada.

Ma’lumot uchun, kecha, 21 sentyabr kuni Chust tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan. 71 nafar bolaning sog‘lig‘idan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar tufayli bolalarning 9 nafari sog‘lomlashtirilib, uyiga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing