Tezkor konvertatsiya: “Kapitalbank” yuridik shaxslar uchun yangi xizmatni yo‘lga qo‘ydi

Biznes

image

ATB “Kapitalbank” yuridik shaxslar uchun yangi xizmat – “Tezkor konvertatsiya”ni ishga tushirdi. Ushbu xizmat sizga ariza topshirilgan vaqtdan boshlab 60 daqiqadan kam muddat ichida chet el valyutasini sotib olish va xorijlik sheriklar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkon beradi.

Farqni his eting: odatda banklarda uch kun davom etadigan operatsiyani bir soat ichida qilishingiz mumkin!

“Qoidaga ko‘ra, banklarda konvertatsiya jarayoni birinchi navbatda mijoz tomonidan valyuta birjasida chet el valyutasini sotib olish to‘g‘risidagi ariza berishdan boshlanadi. Bu odatda bir kun vaqtni oladi. Bank birja savdosi va konvertatsiya qilingan chet el valyutasini mijozning hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqarilishi uchun yana bir kun kerak bo‘ladi. Va yana bir kun chet ellik sheriklar bilan o‘zaro hisob-kitoblarga sarflanadi. Kapitalbankda xorijiy valyutani konvertatsiya qilish tartibi endi boshqa banklardan tubdan farq qiladi”, deya qayd etdi Korporativ biznes departamenti direktori Ozod Karimov.

Kapitalbankdan yangi xizmat, sizga bir soat ichida chet el valyutasini konvertatsiya qilish bo‘yicha barcha operatsiyalarni bajarishga imkon berishi, ushbu xizmatning yagona ijobiy tarafi emas. Arizani topshirishdan tortib, chet elda hisob-kitoblar qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar masofaviy bank tizimi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, mijozlar va ularning buxgalterlari bankka shaxsan kelishlari shart emas.

+998 78 148 40 08 raqamiga bog‘langan holda  tezkor konvertatsiya qilish shartlari haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing