Tezkor! Taksichilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi
Jamiyat
−
07 iyul 2022 11089 1 daqiqa
2022 yil 1 sentyabrdan 2024 yil oxiriga qadar yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi. Bu haqda bugun, 7 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan tegishli qarorda belgilangan.
Qarorga muvofiq, 4 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega transportlarda yo‘lovchi tashish o‘zini o‘zi band qilish deb qaraladi va bu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi.
• litsenziya varaqasini berishda avtomobilning 10 yillik ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi;
• majburiy tibbiy va texnik ko‘rik muddati 1 yilda 1 marta qilib belgilanadi.
Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilardan, shu jumladan yuridik shaxslardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji miqdori 300 ming so‘m etib belgilanadi.
Live
Barchasi