Endi avtomobilga ishonchnoma rasmiylashtirish uchun notariusga borishning hojati qolmaydi

Jamiyat

image

2022 yil 1 sentyabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda bugun, 7 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan tegishli qarorda belgilangan.

Qarorga muvofiq, 1 sentyabrdan avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi elektron shakldagi ishonchnoma rasmiylashtirilganda, uni notarial tasdiqlash talab etilmaydi. 

Elektron ishonchnoma uchun davlat boji ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat boji (BHMning 3 baravari – 900 ming so‘m)ga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

•  bir oygacha bo‘lgan muddatga – 10 foiz (90 ming so‘m);
•  olti oygacha bo‘lgan muddatga – 50 foiz (450 ming so‘m);
•  uch yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 foiz (900 ming so‘m).

Shuningdek, elektron ishonchnoma davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan faqatgina planshet orqali tekshiriladi. Yuridik shaxslar haydovchilarining ikki yilda bir marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilinadi.

Bundan tashqari, fuqaro tomonidan o‘zining avtomobilini yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga ijaraga berilganda notarial idoralar tomonidan tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda. Ijara shartnomasi soliq organlarida elektron hisobga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchilik haydovchilar

Baholaganlar

851

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing