Tez yordam mashinasining avariyaga uchrashi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Avvalroq Namangan viloyati Chortoq tumanida ichida ikki nafar haydovchi va feldsher bo‘lgan tez yordam mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Unga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga kecha, 26 noyabr kuni soat 09:00 larda Chortoq tumani tez tibbiy yordam Alixon shoxobchasi haydovchisi N.A. Damas rusumli mashinada “Saroy” MFY hududidan Chortoq tuman markaziga harakatlanib ketayotib, mazkur yo‘lning qatnov qismida quvib o‘tish qoidalarini buzgani asos bo‘lgan. 

Aniqlik kiritilishicha, N.A.ning mazkur harakatidan so‘ng uning boshqaruvidagi Damas yo‘lning qarama-qarshi tarafida harakatlanib kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Oqibatda N.A. voqea sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Chortoq tuman tibbiyot birlashmasining tibbiy ma’lumotnomasida N.A.ning o‘limiga qorin qismi yopiq shikasti, qorin bo‘shlig‘i organlari yorilishi, postgemorragik shok IV darajasi tan jarohatlarini olgani sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.  

Hozirda marhum N.A.ning tan jarohatlari va o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza, yo‘l-transport hodisasi yuzasidan sud-trassologiya ekspertizasi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida ISUZU rusumli yuk mashinasi svetoforda to‘xtab turgan Damas'ga borib urilishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan tez yordam jinoyat ishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing