Tez yordam haydovchilariga jarimalar kelayotgani bo‘yicha SSV va IIV qo‘shma bayonot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq Toshkentda tez yordam haydovchilari qoidabuzarliklar uchun jarima qog‘ozlari kelayotgani sabab videomurojaat bilan chiqqani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qo‘shma bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 17 prim 1-moddasiga ko‘ra, tezkor va maxsus xizmatlarning transportlari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transportlar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan huquqbuzarliklar avtomatlashtirilgan texnikalar orqali aniqlanganda hamda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilganda haydovchilarning qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi. 

So‘ng mazkur ma’muriy ish ushbu kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.

Mazkur hujjatning 271-moddasiga ko‘ra, shaxs harakatni oxirgi zarurat holatida qilgan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas. Boshlangan ish esa tugatilishi belgilangan.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega bo‘lishi uchun maxsus xizmatlarning transport vositalarida ko‘k yoki qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan bo‘lishi shart. Ular o‘zlariga yo‘l berilayotganiga ishonch hosil qilganidan so‘ng imtiyozdan foydalanishi mumkin.

Bayonotda ta’kidlanishicha, MJtKning 128 prim 5-moddasiga ko‘ra, maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan halaqit berish – bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made