Imtihonlar bu yil ham stadionlarda o‘tkaziladimi? DTM rahbari javob berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun ikki ssenariyda tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov Matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Test sinovlari uchun hamma ishlar yakunlandi. Binolar ham ikkita ssenariyni e’tiborga olib tayyorlandi. Pandemiya sharoitini inobatga olib, 65 ta ob’ekt tayyorlandi. Undan 63 tasi stadion va 2 tasi xiyobon. Ikkinchisi, epidemiologik sharoit yaxshi bo‘lib turishini inobatga olib, an’anaviy shaklda yopiq binoda imtihon o‘tkazish ssenariysi. Buning uchun 96 ta bino tayyorlangan. Hozirda ularni jihozlash ishlari amalga oshirilyapti”, deydi Karimov.

Hozirgi tayyorgarlik bilan bir smenada ochiq maydonlarda 60 mingdan ziyod, yopiq binolarda 47 mingdan ziyod abituriyent imtihon topshirishi mumkin.

Karimovga ko‘ra, joriy yilda 1,6 mlndan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tishi kutilmoqda. Shu sababli test jarayonini uzog‘i bilan 20 kunda yakunlash rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing