Testga kirishda abituriyentlarning barmoq izlari ham tekshiriladi
Jamiyat
−
15 avgust 2020
6082Bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlarida abituriyentlar barmoq izlarini tekshirish orqali ham nazoratdan o‘tkaziladi. Bu haqda Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘i Sa’dulla Safoyev ma’lum qildi.
“Nazorat o‘tkazish punktlarida barmoq izi orqali shaxsni aniqlash qurilmalaridan foydalangan holda abituriyentlarni shaxsini aniqlash choralari ko‘riladi. Bunday holatlar aniqlanganda abituriyent o‘riga imtihon topshirishga kelgan shaxslarga qonunchiligimizda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi”, dedi Sa’dulla Safoyev.
Boshqarma boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, test sinovlari o‘tkaziladigan ob’ektlar va ularning atrof-hududida jamoat tartibi saqlash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Milliy gvardiyaning 1000 nafardan ortiq harbiy xizmatchi va xodimlari, 800 tadan ortiq maxsus vositalar, 630 dan ortiq aloqa va 50 tadan ortiq transport vositalarini ajratilishi rejalashtirilgan. Kuch va vositalarni ajratilishida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni hisobga olindi.
Test imtihonlarga bir abituriyent o‘rniga boshqa odam kirishining oldini olish maqsadida barcha ob’ektlarga kirish joylarida nazorat o‘tkazish punktlar tashkil etiladi. Ushbu joylarda yuzni tanib oluvchi kameralar o‘rnatilib bu kameralar orqali imtihonga abituriyent yoki boshqa shaxs kelganligiga aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi test sinovlari ochiq maydonlarda 2 sentyabr sanasidan boshlanadi. Test jarayonlari ikki smenada 3 soatdan davom etadi. Abituriyentlar qancha ball to‘plaganini imtihon o‘tgan kuning ertasiga bilib oladi va talabalikka tavsiya etilgani 22 sentyabr kuni e’lon qilinadi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi