Test savollarini rasmga olib tarqatgan abituriyentlar natijasi bekor qilinadi – DTM

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari vaqtida test savollarini rasmga olib tarqatgan abituriyentlar natijasi bekor qilinadi. Bu haqda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi.

“Test sinovlariga telefon olib kirib, savollar kitobini tarqatib yuborilgan holatlar uchramoqda.

Savollar kitobini kim tarqatganini aniqlash qiyin emas. Biz test savollarini tarqatgan abituriyentlarni aniqlantiramiz va ularning to‘plangan ballari hisobga olinmaydi, test sinovlaridan chetlashtiriladi”, dedi Sardor Rajabov.

Bundan avvalroq, abituriyent imtihon vaqtida telefondan foydalanib o‘tirgani aks etgan video tarqalgandi. DTM holat qayerda yuz berganini aniqlab, chora ko‘rilishini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari joriy yilning 14 sentyabrigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon DTM

Baholaganlar

539

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing